O‘zbekiston | 10:43 / 09.01.2019
5413
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga keladi

Foto: kenesh.kg

2019 yilning 10 yanvar kuni O‘zbekistonga Qirg‘iziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.

O‘zbekiston TIV xabariga ko‘ra, tashrif dasturidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Qirg‘iziston delegatsiyasi Afg‘oniston ishtirokidagi «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining Samarqand shahrida o‘tkaziladigan birinchi vazirlar uchrashuvida ham ishtirok etadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid