O‘zbekiston | 15:42 / 09.01.2019
76513
2 daqiqa o‘qiladi

«Qora bozor»da dollar qanchadan sotilayotgani ma'lum bo‘ldi

Foto: REUTERS

Toshkentda 10 ming AQSh dollarini noqonuniy ravishda sotgani uchun uch nafar erkak qo‘lga olindi, deya xabar beradi poytaxt IIBB matbuot xizmati.

Boshqarma ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 5 yanvar kuni huquqni muhofaza qilish idoralariga o‘zini Nuriddin deb tanishtirgan erkak ayol kishiga dollarni so‘mga «qora bozor» kursida - bir AQSh dollari uchun 8500 so‘mdan almashtirib berishni taklif qilgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Qo‘shma tadbirlar natijasida IIBB xodimlari va Bosh prokuratura vakillari chet el valutasining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanganlikda gumon qilib uch nafar erkakni qo‘lga olishdi.

IIBBdan ta'kidlashlaricha, ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof tarzda sotish yoki sotib olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda «qora bozor»da dollar 8450 so‘mdan sotilayotgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid