Toşkentda 7900 AQŞ dollarini 66,7 mln sömga noqonuniy ravişda sotgan ikki şaxs qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Departamentning Toşkent şahar boşqarmasi hamda Mirzo-Uluğbek tuman bölimi xodimlari bilan hamkorlikda ötkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar B. va U.lar har bir AQŞ dollarini «qora bozor» narxida 8450 sömdan hisoblab, 7.900 AQŞ dollarini 66,7 mln sömga noqonuniy ravişda sotgan vaqtda uşlanganlar. Ulardan 7900 AQŞ dollari aşyoviy dalillar sifatida olingan», - deyiladi xabarda.

Mazkur holat yuzasidan fuqarolar B. va U.ga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.

Eslatib ötamiz, 17 dekabr kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 18 dekabrdan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan quyidagi qiymatini belgilagandi.

Unga köra, 1 AQŞ dollari ötgan haftadagi kursga nisbatan 12,95 sömga kötarilgan va 1 dollar 8325,59 sömni taşkil etgan.