O‘zbekiston | 18:24 / 10.01.2019
7032
2 daqiqa o‘qiladi

Andijon va Navoiy olis hududlarida avtoklub faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Foto: Xalqaro press-klub

O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev madaniyat markazlari mavjud bo‘lmagan respublikaning olis hududlarida maxsus musiqiy va texnik qurilmalar bilan jihozlangan avtoklublar ishini yo‘lga qo‘yish masalasi muhokamadan o‘tganini ma'lum qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi. 

«Ilgari chekka hududlarda shunga o‘xshash avtoklublar bo‘lardi. Lekin ular mustaqillikning birinchi yillarida yo‘q qilib yuborildi. Prezident tashabbusi bilan buni yana tikladik, eksperiment tarzida 2ta viloyat — Navoiy va Andijonga yuborildi. Tajriba o‘zini oqlasa, 2019-2020 yilda har bir viloyat boshqarmalariga shunday avtoklublar budjet hisobiga to‘la jihozlangan holda yuboriladi», – deydi u. 

Ma'lumot uchun, 2018 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev madaniyat sohasiga oid 10ta hujjat — 8ta qaror, 2ta farmoyishni imzoladi. Shuningdek, o‘tgan yil davomida Vazirlar Mahkamasi tomonidan sohaga taalluqli 25ta — 13ta qaror, 12ta farmoyish hujjat qabul qilindi. 

Ular ichida milliy madaniyat to‘g‘risidagi konsepsiya soha istiqbolini belgilaydigan hujjat hisoblanadi. ​Konsepsiya 9ta yo‘nalishni qamrab oladi:

Moddiy va nomoddiy madaniy meros;
Muzeylar, teatr;
Kino va sirk;
Milliy musiqa, milliy estrada;
Milliy raqs;
Tasviriy va amaliy san'at
Madaniyat va istirohat bog‘lari hamda madaniyat markazlari;
Ilm fan, ta'lim, kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish;
Madaniyat turizmi.

Konsepsiya doirasida, Vazirlar Mahkamasining 5ta qarori, 6ta turli yo‘nalishdagi takliflar ishlab chiqilib, hukumatga kiritish belgilangan.

Mavzuga oid