Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev 72 yoşida olamdan ötdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Baxtiyor Sayfullayev 1951 yilda Toşkent şahrida tuğilgan, 1972 yilda hozirgi Özbekiston Davlat san’at va madaniyat institutini tamomlagan, 2002-2005 yillarda şu institutga rektorlik qilgan.
2005-2012 yillarda Madaniyat va sport işlari vaziri örinbosari bölgan, 2012-2017 yillarda yana Davlat san’at va madaniyat institutiga rektorlik qilgan, 2017 yildan Madaniyat vazirligiga rahbar etib tayinlangan (parallel ravişda Özbekiston Davlat konservatoriyasiga rektorlik qilgan).
2020 yilning 18 yanvarida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev farmoni bilan senator etib tayinlangan, 20 yanvar kuni yangi tarkibdagi Senatning ilk yalpi majlisida Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi etib saylangandi.
U professor ilmiy darajasi, Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi san’at arbobi unvonlari bilan mukofotlangandi.












