Oliy Majlis Senatining bugun, 20 oktabr kuni bölib ötayotgan XX yalpi majlisida saqlaş va muhofaza qilişga yetarliça e'tibor qaratilmagani oqibatida yöqolib ketgan madaniy meros obektlari masalasi muhokama qilindi.

“Davlat dasturining 20-bandida madaniy meros obektlarining hisobini yuritiş, saqlaş va himoyasini ta'minlaş böyiça dastur qabul qiliş vazifasi qayd etilgan. Bunda barça madaniy merosning köçmas mulk obektlarini qayta tarixiy-madaniy ekspertizadan ötkaziş hamda ularning milliy röyxatini qayta şakllantiriş, madaniy meros obektlarining elektron portalini yaratiş, uni davlat elektron xizmatlari bilan inventarizatsiya qiliş, davlat kadastri hujjatlarini rasmiylaştiriş va davlat kadastrini yagona tizimga kiriş axborotlarini joylaştirişga alohida e'tibor qaratiş belgilangan.

Lekin sentabr oyida qömitamiz tomonidan taşkil etilgan işçi guruhi bilan “Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida”gi qonunning Toşkent şahridagi ijrosini örganganimizda davlat dasturidagi qator topşiriqlar bajarilmaganiga guvoh böldik.

Xususan, poytaxtimizda milliy röyxatga kiritilgan 354 ta moddiy madaniy meros obekti orasida ayrimlari körsatilgan manzilda yöqligi, ya'ni Yakkasaroy tumanidagi uçta, Olmazor tumanidagi bitta obekt mavjud emasligi aniqlandi”, deydi Senatning Yoşlar, madaniyat va sport qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev.

Baxtiyor Sayfullayev

Senat raisi Tanzila Norboyeva madaniy meros obektlari milliy röyxatiga kiritilgan, biroq hozirgi paytga kelib yöqolib ketgan tarixiy obektlar muammosi boşqa hududlarda ham mavjudligini ta'kidlab, senatorlardan mas'ul vazirliklar bilan birgalikda mavjud muammolarni örganiş va qonunçilikka özgartiriş kiritiş yöli bilan ularni hal qilişni söradi.