“Sentabr oyida qömitamiz tomonidan taşkil etilgan işçi guruhi bilan “Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida”gi qonunning Toşkent şahridagi ijrosini örganganimizda poytaxtdagi 56 ta madaniy meros obektining kadastr hujjatlari yöqligi, 256 tasiga muhofaza belgilari, 200 tasiga esa yöl körsatkiçlari örnatilmagani aniqlandi. Şuningdek, madaniy meros obektlariga jamoatçilik inspektorlari töliq biriktirilmagan.

Arxeologik yodgorliklarni saqlaş va muhofaza qiliş holati qoniqarli emas. Tarixiy tepaliklarning atrofi himoya devorlari bilan örab olinmagan, tuproqlari mahalliy aholi tomonidan qazib olinib, öz şaxsiy ehtiyojlari yölida işlatib yuborilayotgani oqibatida ular yöqolib ketiş arafasida turibdi.

Ayrim yodgorliklar atrofiga çiqindilar taşlab ketilmoqda. Afsuski, bunday muammolar nafaqat Toşkent şahrida, balki boşqa hududlarda ham mavjud. Davlat dasturidagi topşiriqlar öz vaqtida hamda sifatli bajarilişiga hukumat hamda parlament birdek mas'ul ekanini alohida ta'kidlab ötmoqçiman. Şuning uçun bu borada kerak bölsa hududlarga birgalikda örganişga çiqiş va qömitalarning sayyor majlislarini ötkazib, real holatni muhokama qiliş maqsadga muvofiq deb hisoblayman”, deydi Yoşlar, madaniyat va sport qömitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev.

Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yöllagan murojaatida hukumat madaniy meros obektlarining himoyasini ta'minlaş böyiça alohida dastur qabul qilişi lozimligiga töxtalgan edi.

2021 yilning mayida VIII-IX asrlarga taalluqli Mingörik şahristoni yodgorligi yonida Toşkent şahar IIBBning Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosi qurilişi boşlangan, Madaniy meros departamenti vakili Kun.uz’ga quriliş işlari qonunçilik talabiga zid ravişda ilmiy-ekspert kengaşining tegişli xulosasini olmasdan boşlab yuborilganini aytgandi.

Özbekiston boş vaziri örinbosari, turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov şu yilning 24 iyun kuni Qöqonda bölib ötgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi turizm vazirlarining VI yiğilişida madaniy meros obektlarimizni tiklaş, restavratsiya qiliş, qadimiy arxitekturasini yöqotmagan holda saqlab qoliş, raqamlaştiriş, samarali menejmentni joriy qiliş va kelajak avlodga yetkaziş maqsadida Turkiy kengaş huzurida a'zo davlatlarning mablaği asosida Madaniy meros obektlarini asraş jamğarmasini taşkil qilişni