Ma'lum qilinişiça, yaratilgan şaroitlar natijasida Özbekistonda sport bilan doimiy şuğullanuvçi aholi soni 2020 yildagi 19 foizdan 2021 yilda 21,3 foizga yetkazilgan. Şuningdek, senator Toşkent hamda Namangan viloyatlarida ötkazgan örganişlar natijasida bir qança salbiy holatlarga guvoh bölganini bildirdi.
"Hududlarda “Workout” (mahalla va köça fitnesi) – maxsus sport maydonçalaridagi yangi jihozlar qarovsizligi sababli foydalanişga yaroqsiz ahvolga kelib qolgan.
Xususan, Toşkent viloyatidagi Böka tumani «Kökorol» qişloq fuqarolar yiğini hududidagi 3 gektarlik futbol stadioni tikanzor bölib, huvullab yotibdi, u yerda çorva mollari boqilyapti. Zangiota tumani Ramadan mahallasidagi stadion ham qarovsiz ahvolda. Şu hududdagi “Workout” maydonçasidagi jihozlar sindirib taşlangan.
Şuningdek, prezident farmonida 2021 yil 1 mayga qadar har bir tuman markazi va şaharlarda piyoda va velosipedda yuriş uçun «Salomatlik yölaklari»ni bunyod etiş belgilangan bölsa-da, ayrim hududlarda uşbu topşiriq ijrosi bajarilmagan.
Xususan, Navoiy viloyatida 199ta, Toşkent viloyatida 98ta, Xorazm viloyatida 48ta, Surxondaryo viloyatidagi 40ta mahallada velosport, yuriş, yuguriş yölaklari mavjud emas. Ayrim hududlardagi mutasaddilar tomonidan «Salomatlik yölaklari» sifatida taqdim etilayotgan piyodalar yölaklari belgilangan ölçamlar va talablarga javob bermaydi.
Şuningdek, Toşkent viloyatida 477ta, Surxondaryo viloyatida 235ta, Xorazm viloyatida 124ta, Andijon viloyatida 50ta mahallada “Workout” maydonçalari taşkil qilinmagan. Xorazm viloyatida 171ta, Navoiy viloyatida 131ta, Andijon viloyatida 71ta, Toşkent şahrida 47ta mahallada mini-futbol maydonlari yöq”, — deydi senator Baxtiyor Sayfullayev.
Bundan taşqari, investitsiya dasturlariga kiritilgan sport inşootlarida olib borilgan quriliş-ta'mirlaş işlari sifatsiz bajarilgani tufayli mazkur inşootlar qabul qilib olingandan söng foydalanişga yaroqsiz ahvolda qolayotgani bildirildi.
Senatorlar yuqoridagi muammolarga hukumat e'tiborini qaratiş kerakligini bildirdi va ularni hal etiş maqsadida Senat qarori qabul qilindi.












