Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy AQSh bilan savdo muzokaralarini baholadi
XXR Tijorat vazirligining fikricha, AQSh bilan bo‘lib o‘tgan savdo muzokaralari tomonlar o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal qilish uchun asos yaratib berdi. Bu haqda vazirlik saytida e'lon qilingan bayonotda aytiladi.
Tijorat vazirligidan ma'lum qilishlaricha, tomonlar savdo hamda tuzilmaviy masalalar bo‘yicha «batafsil va aniq» fikr almashishdi. Shuningdek, vazirlikdan qayd etishlaricha, AQSh va XXR bir qator masalalar bo‘yicha o‘zaro tushunish darajasini oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh bilan savdo muzokaralarini yakunlagandi.
Ta'kidlanishicha, muzokaralar natijalari yaqin orada e'lon qilinadi.