Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aziz Abduhakimovga yangi vazifa yuklatildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimovni Samarqand shahrida ochilgan «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universiteti rektori etib tayinladi. Kun.uz muxbiri o‘z manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi. Abduhakimov mazkur oliy ta'lim muassasasining birinchi rektori hisoblanadi.
Aziz Abduhakimov 2014 yilning yozidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligini boshqargan. Undan avvalroq Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat olib borgan.
U 2017 yilning avgust oyidan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan. 2018 yilning may oyida Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Turizm, ta'lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tayinlangan va ayni damda shu yo‘nalishdagi faoliyatini davom ettirmoqda.
Samarqand shahridagi «Ipak yo‘li» Xalqaro turizm universiteti faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 iyundagi 3815-sonli qarori asosida yo‘lga qo‘yilgan.
Mavzuga oid
09:50 / 04.12.2025
O‘zbekiston Goa bilan turizm sohasida qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘ymoqda
17:39 / 27.11.2025
Toshkentda changga qarshi kurash doirasida o‘nlab favvora va sug‘orish tarmog‘i ishga tushirildi
16:06 / 27.11.2025
O‘zbekistonda turizm orqali 19 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi
09:56 / 27.11.2025