Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boeing samolyotlari transtovushli bo‘ladi
Boeing taxlanuvchi qanotlarni muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, u Amerika kompaniyasi tomonidan chiqariluvchi samolyotlarga transtovushli tezlikda uzoq masofali parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi. Bu haqda CNN yozmoqda.
Amerika telekanalining ma'lumotlariga ko‘ra, ishlanma havo kemasiga taxminan 0,8 Max soni tezligida parvoz qilish imkonini yaratadi.
Samolyotga bunday xususiyatlarni uchar apparatning ko‘tarib turuvchi, optimallashtirilgan qanotlar kengligi oshirilishi ta'minlab beradi. Qanotlarni ishlab chiqish Boeing tomonidan NASA bilan hamkorlikda past tovushli va ekologik samolyot yaratishni nazarda tutuvchi Subsonic Ultra Green Aircraft Research loyihasi doirasida amalga oshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ekstremal sharoitda eng katta samolyotning xavfli qo‘nishi videoga olingandi.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
20:48 / 05.04.2026
AQSh Eron bilan urush davomida yettita samolyotini yo‘qotdi – OAV
13:56 / 23.03.2026