Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi
“Toshkent shahrida zamonaviy zargarlik buyumlari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Mazkur investitsiya loyihasi “Imperial Jewelry Inc” (AQSh) tomonidan uch yillik davrda kiritiladigan 20 mln AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Loyihani amalga oshirish muddati yakunigacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 10 tonnagacha yetkaziladi hamda 100 tadan ortiq ish o‘rinlari yaratiladi.
Qarorga muvofiq, 2019 yil 1 aprelgacha “O‘zbekzargarsanoat” quyidagi masalalar bo‘yicha takliflarni hukumatga kiritadi:
ishlab chiqarish bazasiga ega bo‘lgan korxonalarda qimmatbaho metallar yombisi ishlab chiqarish;
zargarlik buyumi ishlab chiqaruvchi korxonalarga lizing asosida qimmatbaho metallar berilishi mexanizmini joriy etish;
zargarlik buyumi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallar parchasi va qayta ishlangan qimmatbaho toshlarni yuridik va jismoniy shaxslardan shartnoma asosida sotib olish huquqini berish.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026