Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya tashqi ishlar vaziri Trampning tahdidlariga javob berdi
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu AQSh prezidenti Donald Trampni Anqara Suriyadagi kurd kuchlariga qarshi hujum qilsa, AQSh unga qarshi iqtisodiy choralar ko‘rishi haqidagi tviti uchun tanqid qildi. Chovusho‘g‘lu bu haqda NTV telekanali efirida aytib o‘tgan.
“Strategik sheriklik mavzulari ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmaydi. Bizda AQSh bilan aloqa uchun rasmiy kanallar ochiq. Trampga Suriyadan qo‘shinlarni olib chiqmaslik uchun katta bosim o‘tkazilayotganini va u murakkab vaziyatda qolganini ko‘rmoqdamiz. Biroq shunga qaramay bunday mavzularni ijtimoiy tarmoqlar orqali muhokama qilish yaramaydi”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu.
Uning aytishicha, Turkiya tahdidlardan qo‘rqmaydi, AQSh va boshqa davlatlar Anqarani hurmat qilishi lozim.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQSh Suriyaning Manbiji va Frotdan sharq tomonidan kurd kuchlarini olib chiqmasa, ularga qarshi operatsiya boshlashga tayyorligini aytgan.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026