Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Agrobank» Germaniya banklari bilan muhim kelishuvlarni imzoladi
Mamlakatimizda hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida xorijiy investitsiyalarni jalb etish ko‘lami sezilarli oshmoqda.
Berlinda o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlari biznes-forumi tijorat banklari uchun faol investitsiya muhitini yaratib berayotgani bilan yanada ahamiyatli bo‘lmoqda.
Xalqaro forum doirasida «Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki ilk bor 150 million yevro miqdorida kredit liniya mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha «Landesbank BadenWurttemberg» hamda «Commerz Bank AG» banklari bilan kelishuvlar imzoladi.
Kelishuvlar doirasida joriy yil 1-choragida to‘rtta yirik sanoat korxonalarining istiqbolli loyihalariga 65 million yevro miqdorida kredit mablag‘lari ajratiladi. Buning hisobiga 1500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi.
Mazkur kelishuvlar Germaniya moliya institutlari bilan ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va investitsiya faoliyatini kengaytirishga xizmat qiladi.
Sayt: www.agrobank.uz
«Agrobank» ATB matbuot xizmati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
19:00 / 14.12.2025
Agrobankning AI500! HAKATON musobaqasi
17:00 / 10.09.2025
«Agrobank»da kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi
20:01 / 29.08.2025
Sho‘rlangan yerlarda tomchilatib sug‘orish usuli qo‘llanishi mumkin
14:00 / 05.06.2025