Jahon | 19:44 / 15.01.2019
4446
1 daqiqa o‘qiladi

Huawei asoschisi Xitoy foydasiga josuslik qilishdagi ayblovni rad etdi

Foto: RIA Novosti

Huawei asoschisi Jen Chjenfey kompaniyasi hech qachon Xitoy foydasiga josuslik qilmaganini aytdi. Bu haqda Financial Times nashri ma'lum qildi. 

“Men davlatimni yaxshi ko‘raman, kompartiyani qo‘llab-quvvatlayman, biroq hech qachon biror davlatga ziyon yetkazadigan ish qilmayman”, deb aytgan Jen Chjenfey matbuotda. 

Uning ta'kidlashicha, kompaniya “hukumatdan lozim bo‘lmagan ma'lumot taqdim qilinishi haqida hech qanday so‘rov olmagan”.

Jen Chjenfeyning aytishicha, Huawei’ning moliyaviy direktori va Vankuverda AQSh so‘rovi bilan hibsga olingan qizi Men Vanchjouni juda sog‘inganini aytgan. 

Avvalroq AQSh ma'muriyati bir qator ittifoqdosh davlatlardagi simsiz aloqa va internet provayderlarni Vashington yashirincha josuslikda ayblayotgan Huawei kompaniyasi qurilmalaridan voz kechishga chaqirgan. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid