O‘zbekiston | 13:51 / 16.01.2019
5765
2 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekgidroenergo»dagi davlat ulushi «Raqamli ishonch» jamg‘armasiga berilmoqda

Foto: uzlidep.uz

«O‘zbekgidroenergo»dagi davlat ulushi «Raqamli ishonch» jamg‘armasiga berilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida aytilgan.

Qayd etilishicha, bu gidroenergetikani rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun ham amalga oshirilmoqda.

Jamg‘arma kompaniya ustav kapitalida davlat nomidan aksiyador funksiyasini oladi, lekin Davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha agentlik bilan asosiy masalalar bo‘yicha ovoz berishni muvofiqlashtirib borishga majbur bo‘ladi.

Ma'lumot uchun, quyidagilar «Raqamli ishonch» jamg‘armasining asosiy vazifalari etib belgilangan:

raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan «blokcheyn» texnologiyalarini joriy etish bilan bog‘liq loyihalarni davlat-xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning mablag‘larini jalb etish va birlashtirish;

davlat-xususiy sheriklik shartlarida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan kripto-aktivlar aylanmasi va kripto-birjalar faoliyati sohasidagi eng istiqbolli va strategik muhim loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, «blokcheyn» texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv tadbirlari va boshqa tadbirlarni o‘tkazish;

raqamli iqtisodiyotni, shu jumladan «blokcheyn» texnologiyalarini joriy etish va kripto-aktivlar aylanmasi uchun platformalar tashkil etish hisobiga yanada rivojlantirish borasidagi, ayniqsa, yoshlarning tashabbuslari (startaplari)ni qo‘llab-quvvatlash;

kripto-aktivlar aylanmasi va «blokcheyn» texnologiyalari sohasida yetakchi xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil etishda, shu jumladan yuqori malakali chet el mutaxassislarini jalb etishda texnik ko‘makni ta'minlash.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston 4ta yirik va 16ta kichik GES qurishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid