«Özbekgidroenergo» kompaniyasi 2025 yilgaça quvvati 30 MVt.dan ortiq bölgan 4ta katta GESni, 16ta yangi kiçik GESni quradi va 21ta hozir işlab turgan GESni modernizatsiya qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Özbekiston Respublikasi gidroenergetika sohasini 2020-2024 yillarga möljallangan rivojlantiriş konsepsiyasi loyihasida aytilgan.
Barça amalga oşiriladigan loyihalarning umumiy qiymati 2,6 milliard dollardan oşadi, ulardan qariyb 600 million dollari - jalb etilayotgan kredit mablağlari.
Natijada yiliga işlab çiqariluvçi elektr energiya hajmi 2 826 mln kVt/s.ga ortişi ta'minlanadi. Şu bilan birga, «Özbekgidroenergo» AJ tuzilmasida stansiyalar umumiy soni 57ta GESga yetadi, ular jami 9 343 mln kVt/s. elektr energiyasi işlab çiqaradi.
Mustaqillik yillarida Özbekistonda 37ta amaldagi gidroelektrostansiyadan 7ta yangi gidroelektrostansiya foydalanişga topşirildi, qolganlari - 30-80 yil muqaddam qurilgan.












