Jahon | 09:08 / 17.01.2019
11192
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy AQShning «o‘rnini egallamaslikka» va'da berdi

Foto: AP

XXR TIV rahbari Van Ining ma'lum qilishicha, Xitoy «uzurpator» (hokimiyatni yoki birovning huquqini qonunga xilof ravishda tortib olgan shaxs) bo‘lishga intilmaydi va kelajakda AQShning «o‘rnini egallashga» harakat qilmaydi. Bu haqda RIA «Novosti» «Jenmin jibao» gazetasiga tayangan holda xabar bermoqda.

Van Ining ta'kidlashicha, amerikalik ayrim siyosatchilarning Xitoy kelajakda «AQShga shubhasiz chaqiriq tashlashi yoki uning o‘rnini egallashga harakat qilishi» borasidagi tashvishlari «noto‘g‘ri» hisoblanadi. Vazir qo‘shimcha qilishicha, Xitoy hukumati tinch rivojlanish yo‘liga qat'iy amal qilmoqda.

«Xitoy AQShga aylanishni, AQShning o‘rnini egallashni xohlamayapti», - dedi Van I.

Uning xulosa qilishicha, Xitoy va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarda faqat «ijobiy raqobat» bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQSh bilan savdo muzokaralarini baholagandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid