Jamiyat | 13:47 / 17.01.2019
14329
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda navbatdagi valutafurushlar ushlandi 

Illyustrativ foto

Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Yangibozor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Unda fuqarolar B. va S.lar har bir AQSh dollarini 8450 so‘mdan hisoblab, 7900 AQSh dollarini 66,7 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar.

Bundan tashqari, Departamentning Xorazm viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, fuqaro R. har bir AQSh dollarini 8320 so‘mdan hisoblab, 11450 AQSh dollarini 95,2 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotib olayotgan vaqtda ushlangan.

Shuningdek, fuqaro R.dan noqonuniy muomalaga kiritish uchun mo‘ljallangan 700 AQSh dollari, 133650 Rossiya rubli, 545700 qozoq tengesi va 64,8 mln. so‘m pullar ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq endi valutafurushlar yetti yilga qamalishi mumkin ekani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid