Özbekiston Respublikasi prezidenti “Iqtisodiy jinoyatlarga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş mexanizmlari takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonunni imzoladi. 

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga quyidagi özgartiş va qöşimça kiritildi:

177-moddaning (Valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravişda oliş yoki ötkaziş) matni quyidagi tahrirda bayon etildi:

“Fuqarolarning qonunga xilof ravişda valuta qimmatliklarini olişi yoki ötkazişi şunday harakatlar uçun ma'muriy jazo qöllanilganidan keyin sodir etilgan bölsa, –

eng kam oylik iş haqining yetmiş beş baravaridan yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki ikki yildan uç yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud bir yilgaça ozodlikni çeklaş yoki bir yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar ança miqdorda sodir etilgan bölsa, –

eng kam oylik iş haqining yuz baravaridan uç yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;
b) köp miqdorda;
v) bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bölsa, –

eng kam oylik iş haqining uç yuz baravaridan beş yuz baravarigaça miqdorda jarima yoki uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Öşa harakatlar:

a) juda köp miqdorda;
b) uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan bölsa, –

beş yildan yetti yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.

Tayyorgarlik körilayotgan yoki sodir etilayotgan jinoyat haqida öz ixtiyori bilan arz qilgan va uni oçişga faol yordam bergan şaxs javobgarlikka tortilmaydi”.