Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
PFL Sport bo‘limi xodimi ta'magirlik qilgani uchun qo‘lga olindi
Professional futbol ligasi Sport bo‘limi mutaxassisi R.K ta'magirlik bilan shug‘ullanayotgani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, u Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani "Ittifoq" jamoasini Pro-liganing "V" ligasida ishtirok etishi uchun litsenziyalashdan o‘tkazib berish evaziga 2 500 AQSh dollari miqdorida pora so‘ragan.
Bu haqida xabar topgan O‘FA Futbol faoliyatini nazorat qilish boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasining Iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda maxsus tadbir o‘tkazdi. Tadbir natijasida R.K O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasi yonida 1 500 AQSh dollarini olayotgan paytda qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.
Qayd etilishicha, R.K va uning ta'magirlikka qo‘l urgan jinoiy sheriklari qonun oldida javob beradi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi kimki poraxo‘rlik, ta'magirlik orqali o‘zbek futboli rivojiga to‘sqinlik qilishga urinadigan bo‘lsa, qonunda belgilangan qat'iy jazoga tortilishi bo‘yicha ogohlantiradi.
Mavzuga oid
16:01 / 02.06.2026
Huquq organlari xodimlari pora olishni rad etgani uchun mukofotlanishi to‘g‘ri emas - Aksilkorrupsiya agentligi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
15:25 / 29.05.2026
Farg‘onada bankir, Jizzaxda hokimlik mansabdori pora bilan ushlandi
08:29 / 26.05.2026