Jahon | 22:21 / 19.01.2019
10309
1 daqiqa o‘qiladi

AQShdagi qorlar 6,7 mingdan ko‘proq aviareysning bekor qilinishiga olib keldi 

AQShning markaziy qismi va shimoli-sharqidagi yomon ob-havo, jumladan kuchli qorlar 19 yanvarda 6,7 mingdan ko‘proq aviareysning bekor qilinishi va ushlanishiga olib keldi. Bu haqda FlightAware saytida ma'lum qilingan. 

Sayt mutaxassislarining baholashicha, umumiy holda 6783 reys bekor qilingan.

CNN telekompaniyasining xabar berishicha, qor yog‘ishi oqibatlari Missuridan tortib Mengacha ko‘plab shtatlarda 100 mlndan ko‘proq odamga ta'sir qilishi mumkin. Chikago, Detroyt va Klivlend shaharlarida qor bo‘ronlari, janubroqdagi Memfis va Jyeksonda chaqmoqlar kuzatilmoqda.  

Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo shtatning aksariyat yo‘llarida tirkamali yuk mashinalari va avtobuslar qatnovini taqiqlab qo‘ygan. “Amtrak” temir yo‘l kompaniyasi shtat hududida 19-20 yanvar kunlari yo‘lovchi poyezdlari va elektrichkalar qatnovini cheklab qo‘ygan.  

Mavzuga oid