O‘zbekiston | 08:35 / 19.01.2019
18098
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Mikrokreditbank» Chilonzor tumanida «Taraqqiyot» nomli yangi mini-bankini ochdi

Poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi «Qatortol» savdo majmuasida «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat banki Amaliyot boshqarmasiga qarashli «Taraqqiyot» nomli yangi mini-bank ish boshladi.

Foto: Mikrokreditbank

Mazkur mini-bankning ochilish marosimida turli davlat va jamoat tashkilotlari xodimlari, bank mijozlari bo‘lgan yetakchi tadbirkorlar va aholi vakillari ishtirok etdi.Malakali mutaxassislar tomonidan mijozlarga barcha turdagi bank xizmatlari ko‘rsatiladigan mazkur mini-bank zamonaviy jihozlar, shinam va yorug‘ xonalar hamda uzluksiz xizmat ko‘rsatuvchi bankomatlar bilan ta'minlangan.

Foto: Mikrokreditbank
Foto: Mikrokreditbank

Mazkur mini-bankda mijozlar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz hisobraqam ochish, omonat qo‘yish, kredit olish, barcha turdagi to‘lovlarni amalga oshirish, bankomat orqali milliy va xalqaro plastik kartalardagi mablag‘larni naqdlashtirish, xalqaro valutani so‘mga ayirboshlash, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyatlari yaratilgan.

Foto: Mikrokreditbank
Foto: Mikrokreditbank

Mini-bankning tantanali ochilish marosimida bank boshqaruv raisi o‘rinbosari Aziz Nizamov so‘zga chiqib,mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojida moliya muassasalarining o‘rni dolzarbligini hamda mazkur mini-bank misolida bank tomonidan shakllantiriladigan xizmat ko‘rsatish markazlari aholi va tadbirkorlik sub'yektlarining bank xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qulay, tez va zamonaviy texnologiyalar asosida qondirishini alohida ta'kidlab o‘tdi.

Bu kabi mini-banklarni ochish orqali bank xizmatlarini bevosita iste'molchilar uchun qulay bo‘lgan hududlarga yetkazib berish – bank rahbariyatining kelgusi davrlarda amalga oshirishi rejalashtirilgan bosh maqsadlaridan biridir.

Foto: Mikrokreditbank

MIKROKReDITBANK-MAQSAD SARI DADIL QADAM ! 

Ma'lumot uchun: 
Telefon: (71) 202-99-99  
Veb-sayt: www.mikrokreditbank.uz 
Telegram:  t.me/mikrokreditbank 
Facebook:@mikrokreditbank 

Bank Axborot xizmati

Reklama huquqi asosida 
Xizmatlar litsenziyalangan.

Mavzuga oid