Marketing tahlili va bankning uzoq yillik strategiyasi asosida ishlab chiqilgan rebrending xizmatlarining sifati va ommabopligini oshirish, mijozlarga har qachongidan ko‘proq qulayliklar yaratish, bank xizmatlari foydalalanuvchilariga yanada qulay va yaqinroq bo‘lishni ko‘zda tutadi.

26 avgust kuni poytaxtimizdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan rebrending tadbirida “Mikrokreditbank” boshqaruvi raisi Orif Bo‘tayev so‘zga chiqib, unda transformatsiya jarayonlarini yanada jadallashtirish, raqamli bank texnologiyalarini joriy etish, bu orqali bank xizmatlarining sifati va ommabopligini oshirishga qaratilgan rejalar haqida yig‘ilganlarga axborot berdi.

Tadbir davomida Mikrokreditbankning shu kunga qadar bosib o‘tgan yo‘li, amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shu bilan birga, kelgusida bank faoliyatida kutilayotgan o‘zgarishlar, aholiga taqdim etilayotgan yangi turdagi xizmatlar, uni O‘zbekistondagi eng ilg‘or banklardan biriga aylantirish yo‘lidagi strategik g‘oya ham rejalar bilan bo‘lishildi.

Bundan tashqari, tantanali tadbirda BRANDBOOK va Manifest promo-roliklari namoyish etildi. Shu kuni bank sayti ham yangilagan ko‘rinishda ishga tushirildi.
Ta’kidlanishicha, yangi logotipdagi “M” harfi bu “Mikrokreditbank”ni; yashil rangdagi belgi to‘g‘ri tanlov, barqarorlik, birlik, muvaffaqiyatni; ikkita ko‘k ustunlar







