Mikrokreditbank ustav kapitalini oshirish uchun davlat mablag‘lari hisobidan jami 2 trln 23 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portaliga joylashtirilgan bank umumiy yig‘ilishi qarorida keltirib o‘tilgan.
Qayd etilishicha, 1 893 791 781 dona oddiy hujjatsiz shakldagi qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish ko‘zda tutilgan.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning e’tibor qaratishicha, Mikrokreditbank ustav kapitalini oshirish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan 790 mlrd so‘m, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 1 trln 233 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Aksiyalar yopiq obuna orqali, bitta aksiya uchun 1068 so‘m to‘lov hisobida joylashtiriladi.
“Endi e’tibor qarating, iyun oyi davomida Mikrokreditbank aksiyalari birjada 941 so‘mdan sotilgan. O‘zim juma kuni sinamoqqa aksiya olib ko‘rdim. 960 so‘mdan. O‘zi bu narxlar ham aksiyalar likvidligi o‘ta pastligidan va spekulyativ omil tufayli shakllangan (erkin bozor sharoitida real narxi nominalining yarmiga bormaydi)”, deya yozdi Bakirov.
Iqtisodchiga ko‘ra, hukumat bank aksiyalarini birja o‘rtacha narxida sotib olgan taqdirda ham, kamida 250 mlrd so‘m tejashi va tejalgan mablag‘ hisobidan eng zamonaviy 10 ta maktab qurishi mumkin edi.
Otabek Bakirov, inflatsiya tezlashganiga qaramay, oxirgi 4 yilda birinchi marta budjet xodimlari oyligi, pensiya va nafaqalar joriy yilning birinchi yarmida oshirilmagani, bu davlat budjetidagi og‘ir vaziyat bilan bog‘liqligini ta’kidlab, shunday sharoitda dividend to‘lamaydigan, kapital rentabelligi 0,5 foiz bo‘lgan bankka mablag‘ kiritilayotganini tanqid qildi.
Uning fikricha, “hukumat bir qo‘li bilan tejamkorlik qila turib, shu paytning o‘zida ikkinchi qo‘li bilan samarasiz kanallar orqali pul sochmoqda”.
Avvalroq Mikrokreditbank Toshkent markazidagi Aloqabank va Raqamlashtirish vazirligi binolarini 387 mlrd so‘mga sotib olgandi.
Bir necha marotaba ortga surilgan banklarni xususiylashtirish dasturi
Markaziy bank departamenti direktori Sanjar Nosirov 2021 yilda “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida 6 ta bank xususiylashtirishga tayyorlanishi, 1ta bankni strategik investorlarga sotish bo‘yicha choralar ko‘rilishini







