Tramp kongressmenlarga davlat hisobidan parvoz qilishni taqiqlab qo‘ydi
AQSh prezidenti Donald Tramp shatdaun muammosi hal qilinmaguncha kongressning barcha a'zolariga hukumat samolyotlaridan Oq uyning yozma ruxsatisiz foydalanishni taqiqlab qo‘ydi.
“Shatdaun vaqtida har qanday vaziyatda hukumatga tegishli, u tomonidan ijaraga olingan yoki yollangan samolyotlardan birortasi Oq uyning yozma ruxsatisiz kongress a'zolariga taqdim qilinmaydi”, deb aytgan Oq uy apparati vazifasini bajaruvchi Rassel Vout.
Voutning ta'kidlashicha, bu haqda barcha vazirliklar va agentliklar rahbarlarini xabardor qilishni undan Trampning o‘zi so‘ragan.
Bundan avval Tramp kongressning vakillar palatasidagi demokratlar yetakchisi Nensi Pelosiga Afg‘onistonga safar uchun harbiy samolyotdan foydalanishni taqiqlagandi. Tramp Pelosiga safari moliyalashtirilishi budjetda ko‘zda tutilmagani sababli, unga tijoriy reys bilan uchishni taklif qilgan. Pelosi bu taklifni tijoriy reys uchun yonidan pul to‘lashiga to‘g‘ri kelishi uchun emas, balki xavfsizlik nuqtai nazaridan safar sir saqlangani, biroq Tramp uni tilga olib oshkor qilib qo‘ygani sababli rad etgan.
The New York Times nashrining ta'kidlashicha, Pelosining safari oxirgi lahzada Oq uydan xabar kelgandan keyin bekor qilingan.
Bundan avvalroq esa Pelosi xavfsizlikka javob beruvchi maxfiy xizmat faoliyati shatdaun sababli bloklab qo‘yilgani tufayli Trampga kongressdagi chiqishini bekor qilishni taklif qilgandi.
Pelosi hozirda Meksika bilan chegarada devor qurilishiga mablag‘ ajratish masalasida Tramp bilan ziddiyatga borayotgan asosiy shaxs hisoblanadi. Pelosi devor qurilishiga 5,7 mlrd dollar ajratish ko‘zda tutilgan budjet loyihasini qo‘llab-quvvatlamasligini, Tramp esa devor qurilishiga so‘ralgan pulni olish uchun oylab, yillab shatdaunni davom ettirishga tayyorligini aytgan.
Mavzuga oid
11:17 / 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev hukumat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlarini belgilab berdi
10:38 / 20.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Xalqimiz hal qiluvchi masalalar bo‘yicha yangi hukumatdan aniq natijalarni kutmoqda
14:01 / 15.11.2024
Lavrov samolyotiga xorijda yonilg‘i quyishdan bosh tortishayotganidan shikoyat qildi
21:10 / 10.11.2024