Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh suriyalik kurdlarga zamonaviy qurol bergan – OAV
AQSh qo‘shinlarining Suriyadan chiqarilishiga qarshi bo‘layotgan amerikaliklar suriyalik kurdlar mudofaa kuchlariga zamonaviy qurol bergan. Bu haqda mahalliy manbalarga iqtibos keltirgan holda Yeni Akit nashri xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, gap katta sondagi “Javelin” va “Tou” tanklarga qarshi raketa majmualari haqida ketmoqda. Taxmin qilinishicha, kurdlar bu qurollarni yaqin orada Suriya shimolidagi Manbijga kirmoqchi bo‘layotgan turk tanklariga qarshi qo‘llaydi.
Ma'lum qilinishicha, ayni vaqtda turk bo‘linmalari bu majmualarni qidirmoqda.
Nashrning ta'kidlashicha, aynan shu sababli Turkiya Manbijdagi harbiy operatsiyasini boshlamay turibdi.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agar AQSh Frot daryosidan sharqdan va Manbijdan kurd kuchlarini olib chiqmasa, unda Anqara ularga qarshi operatsiya boshlashini aytgan. Keyinroq Erdo‘g‘an AQSh prezidenti Donald Tramp bilan 14 dekabrdagi telefon muloqotidan so‘ng harbiy operatsiyani qoldirishga qaror qilganini ma'lum qilgan. Muloqot natijalariga ko‘ra, Tramp Suriyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026