Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotograf ertakmonand o‘rmonlar Finlyandiya uchun odatiy hol ekanini isbotladi
Ko‘pchilik Finlyandiyani sovuqlik va qorong‘ulik mamlakati sanaydi. Shunga qaramay fotograf Ossi Saarinen vatani uzoq cho‘zilgan qishdan ko‘ra ko‘proq narsa ekanini isbotlamoqda. U dunyoga Finlyandiyaning yana bir ajoyib va o‘ziga jalb etuvchi jihatini namoyish etyapti.
Ossi o‘zining fin tabiati, mamlakat maydonining deyarli to‘rtdan uch qismini egallagan o‘rmonlarga bag‘ishlangan suratlari bilan kishiga betakror kayfiyat ulashadi. Ushbu sokin o‘rmonlarda yovvoyi jonivorlar kun kechiradi va o‘z mavjudligidan bahra oladi.
Saarinenning suratlaridagi fin jonzotlari sirli va maftunkor ko‘rinadi. Ular xuddi hozirgina ertak kitoblari sahifalaridan chiqib kelganga o‘xshaydi. Fotograf jonivorlar va insonlarning har bir uchrashuvini unutilmas va g‘aroyib tajriba deb hisoblaydi. Va albatta u betakror fin tabiatini tarixga muhrlash imkonini qo‘ldan chiqarmaydi.



























Mavzuga oid
20:58 / 08.06.2026
Surxondaryoda Aleksandr Fedin barpo etgan bog‘ saqlab qolinadigan bo‘ldi
22:52 / 22.05.2026
Yaponiyada 70 yillik xato tufayli allergik «portlash» yuz berdi
11:22 / 11.05.2026
Orolqumda 2 mln gektarlik o‘rmon yaratiladi
13:52 / 02.03.2024