Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malida terrorchilar BMT lageriga hujum qilishi qurbonlarga olib keldi
BMTning Malidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha missiyasining (MINUSMA) 8 nafar tinchlikparvar askari Mali shimolida joylashgan Agelk kommunasidagi hujum oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda missiyaning Facebook’dagi bayonotida aytilgan.
“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 8 nafar “moviy kaska” jangovar harakatlar vaqtida halok bo‘lgan, ko‘pchilik yaralangan”, deyilgan bayonotda.
Ta'kidlanishicha, yaralanganlar missiyaning shifoxonasiga yetkazilgan.
MINUSMA missiyasi 2013 yil aprelda Malida xavfsizlik sohasida maxsus vazifalarni amalga oshirish uchun ta'sis etilgan. 2018 yil oktabr holatiga ko‘ra, missiyadagi kuchlar soni 15 ming kishidan ko‘proqni tashkil qilgan.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
19:06 / 07.06.2026