Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda eng ko‘p o‘limga sabab bo‘layotgan kasalliklar ma'lum qilindi
2018 yilning yanvar-dekabr oylarida 154,7 mingta o‘lim qayd etilgan bo‘lib, mos ravishda 1000 aholiga nisbatan o‘lim koeffitsiyenti 4,7 promilleni tashkil etdi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 0,3 promillega kamaygan (2017 yilning yanvar-dekabr oylarida 5,0 promille bo‘lgan).
2018 yilning yanvar-dekabr oylarida qayd etilgan vafot etganlarning 60,3%i - qon aylanish tizimi kasalliklaridan, 9,7%i - o‘simtalardan, 6,5%i - baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 5,6%i - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan, 4,0%i - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 1,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan hamda 12,4%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Ro‘yxatga olingan 1 yoshgacha vafot etgan bolalar soni 7,5 ming nafarni tashkil etib, ularning 60,5%i - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 16,8%i - nafas olish a'zolari kasalliklaridan, 11,7%i - tug‘ma anomaliyalardan, 2,3%i - baxsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlardan, 2,5%i - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,7%i - ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklaridan va 5,5%i - boshqa kasalliklardan vafot etgan.
Asosiy o‘lim sabablari bo‘yicha vafot etganlarning taqsimlanishi (2018 yil yanvar-dekabr holatiga, jami vafot etganlarga nisbatan, %)

Hududlar kesimida asosiy o‘lim sabablari bo‘yicha vafot etganlarning taqsimlanishi (jami vafot etganlarga nisbatan, %)

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston aholisi soni haqida yangi ma'lumot berilgandi.
Mavzuga oid
10:49
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026
O‘zbekiston qaysi tovarlarni eng ko‘p import qilyapti?
10:10 / 27.06.2026
34 yilda 9 yoshga o‘sish: o‘zbekistonliklar uzoqroq umr ko‘rmoqda
10:10 / 24.06.2026