Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 15:28 / 22.01.2019
16956
1 daqiqa o‘qiladi
OAV «Tolibon» asoschisining o‘g‘li o‘ldirilgani haqida xabar berdi
Foto: AFP
«Tolibon» harakati asoschisi Mulla Umarning o‘g‘li Mulla Yoqub Pokistonning Peshovar shahrida yo‘q qilindi. Bu haqda Eronning Irna davlat agentligi afg‘on manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Mulla Yoqub qurollangan noma'lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan va keyinchalik o‘ldirilgan.
Qayd etilishicha, «Tolibon» hozircha Mulla Yoqubning o‘limi bo‘yicha izoh bermadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Pokistonda «Tolibon otasi» otib ketilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish