Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu amalga oshirilmagan penaltilar soni bo‘yicha Messiga yetib oldi
Foto: REUTERS
Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya chempionatining 20-turida «Kevo»ga qarshi kechgan o‘yinda (3:0) penaltini aniq amalga oshira olmadi.
Forvard raqiblar darvozabonini aldashning uddasidan chiqa olmadi. Shu tariqa, portugaliyalik futbolchi Kataloniyaning «Barselona» jamoasi forvardi Lionel Messi bilan o‘z faoliyatida kirita olmagan 11 metrlik to‘plar soni bo‘yicha tenglashib oldi. «Eski sinora» o‘yinchisi 139ta urinishda 25ta xatoga yo‘l qo‘ygan, argentinalik esa - 108tada.
Ronaldu uchun bu Turin klubi tarkibida aniq amalga oshira olmagan birinchi penaltiga aylandi.
Mavzuga oid
01:15 / 29.12.2025
Ronaldu Yaqin Sharqning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
20:17 / 19.11.2025
Ronaldu Oq uyda mehmon bo‘ldi
22:26 / 16.10.2025
Ronaldu 2025 yilning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi bo‘ldi
11:32 / 12.10.2025