Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APA Group O‘zbekistondan ishchilarni jalb qilishi mumkin
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Yaponiyaning APA Group xalqaro komplekslar tarmog‘i asoschisi va egasi Toshio Motoyya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuvda APA Group tarmog‘ining mehmonxona xo‘jaligiga o‘zbek ishchilarini jalb qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik istiqbollari muhokama etilgan.

Xususan, Toshio Motoyya APA Hotels mehmonxonalari tarmog‘ida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun mehmonxona sohasidagi O‘zbekiston mutaxassislarini jalb qilish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini bildirdi.
Belgilangan kelishuvlarni amaliy jihatdan yuzaga chiqarish maqsadida Motoyya O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda APA Group o‘rtasida sheriklikni nazarda tutuvchi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqishni taklif qildi.



Mavzuga oid
22:40 / 06.01.2026
Yaponiyadagi auksionda tuna balig‘i millionlab dollarga sotildi
10:08 / 26.12.2025
Yaponiya 17 ta qon quyish muassasasiga zamonaviy uskunalarni yetkazib beradi
10:53 / 25.12.2025
Yaponiya Markaziy Osiyoda 3 trillionlik yangi loyihalarni rejalashtirmoqda
19:14 / 21.12.2025