Jahon | 21:26 / 23.01.2019
7070
2 daqiqa o‘qiladi

Eronda ikkita atom elektr stansiyasi quriladi

Eron yadro sohasida jiddiy odimladi va kun tartibiga yangi yadro reaktori qurish masalasi qo‘yilgan. Bu haqda Eronning 4-kanaliga mamlakatning atom energiyasi tashkiloti raisi Ali Akbar Solihiy ma'lum qilgan. 

Solihiyning aytishicha, 2019 yil yozigacha 100 trln rial (2,38 mlrd dollar) sarmoya kiritish evaziga “Busher-2” va “Busher-3” atom elektr stansiyalari quriladi.

Solihiyning ta'kidlashicha, Eronning yadro sohasini tadqiq qilish va rivojlantirishda hech qanday to‘siq bo‘lmagan, faqatgina sentrifugalar ishlashi bo‘yicha cheklovlar bo‘lgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, Eron sentrifugalarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi uchun 10 yil talab etiladi. 

“Tsentrifuga 24 Su ustida 3 yildan beri ish olib borilmoqda, muammolar yuzaga kelganda tegishli sinovlar o‘tkazilmoqda”, deb aytgan Solihiy.

Mamlakatda IR4 va IR5 sentrifugalari ommaviy ishlab chiqariladi.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid