Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FT: AQSh Xitoy bilan tayyorgarlik muzokaralaridan bosh tortdi
AQSh hukumati Xitoy tomonining maslahatlashuvlar yangi bosqichi arafasida tayyorgarlik muzokaralarini o‘tkazish bo‘yicha taklifini rad etdi. Bu haqda Financial Times manbalarga tayangan holda xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Vashington texnologiyalarning «majburiy» berilishi masalasida yetarlicha olg‘a siljishga erishilmagani sababli tayyorlov muzokaralarini bekor qilgan.
Ta'kidlanishicha, AQSh vakillari Xitoy iqtisodiyotidagi «tarkibiy» islohotlar masalasi muhokama qilinishidan ham norozi bo‘lganlar.
Biroq, tomonlar 30-31 yanvar kunlariga rejalashtirilgan savdo maslahatlashuvlarining yangi bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishni davom ettirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Reuters AQSh va Xitoy o‘rtasida tayyorlanayotgan savdo kelishuvi tafsilotlaridan xabar topgandi.
Mavzuga oid
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
21:46 / 25.06.2026