Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talonchilik qilgan haydovchi va uning hamtovog‘i qo‘lga olindi
2019 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida yashovchi U.T. va K.H. o‘zlarining boshqaruvidagi “Toyota Previa” rusumli avtomashinasida Yunusobod tumani Hasanboy ko‘chasiga kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, ular u yerdan fuqaro Z.S.dan TXAY ko‘chasiga olib boruvchi yo‘lni ko‘rsatib yuborishlikni so‘rab, uni avtomashinaga chiqarishgan.
Natijada ular “Hasanboy dahasi-TXAY” ko‘chalari kesishgan chorrahaga yetib kelganlarida Z.S.ni avtomashinadan tushirib, undan “IPhone” rusumli mobil telefonini qo‘ng‘iroq qilish uchun olishgan va voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida U.T. va K.H. qo‘lga olindi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:25 / 18.06.2026
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026