Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroportining modernizatsiyasi 50 mln yevroga tushadi
Toshkent shahridagi xalqaro aeroportni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha yirik loyihaning umumiy qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuvida ma'lum bo‘ldi.

Germaniya O‘zbekistonning strategik muhim infratuzilmasini takomillashtirishda ham faol ishtirok etmoqda, deya xabar beradi prezident matbuot xizmati.
«Shu o‘rinda Toshkent shahridagi xalqaro aeroportni rekonstruksiya va modernizatsiya qilish bo‘yicha umumiy qiymati 50 million yevro miqdoridagi yirik loyihani alohida aytib o‘tish joiz. Germaniya «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasi, uning qulay imkoniyatlariga ham katta qiziqish bilan qaramoqda», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Toshkent» aeroporti zalida bepul xizmat ko‘rsatiladigan mansabdor shaxslar toifasi o‘zgargandi.
Mavzuga oid
11:35
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026