Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Toshkent» aeroporti zalida bepul xizmat ko‘rsatiladigan mansabdor shaxslar toifasi o‘zgardi
«Toshkent» aeroporti rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zalida bepul asosda xizmat ko‘rsatiladigan mansabdor shaxslar va diplomatik vakolatxonalar xodimlari toifasi o‘zgardi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 16 oktabrdagi tegishli farmoyishida aytilgan.
Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 26 apreldagi farmoyishi bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi aeroportlarida rasmiy delegatsiyalarga xizmat ko‘rsatish zali to‘g‘risidagi Nizom ilovasidagi 1-ro‘yxat 5-bandiga quyidagi o‘zgartirish kiritildi:
a) 5.5 bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«5.5. O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori, uning o‘rinbosarlari, Iqtisodiy jinoyatlar bilan kurashish Departamenti boshlig‘i, Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta'minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i, Majburiy ijro byurosi direktori»;
b) 5.15 bandi quyidagi tahrirda bayon etiladi:
«5.15. DXX va IIV viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahri prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar».
Mavzuga oid
20:36 / 30.12.2025
2025 yilda yo‘lovchilar O‘zbekiston aeroportlaridan eng ko‘p parvoz qilgan yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi
14:12 / 28.11.2025
O‘zbekistonda “Byurokratiyani bartaraf etish – 2030” dasturi start oldi
14:43 / 08.11.2025
Aeroportda dorilar kontrabandasiga urinish fosh etildi
11:04 / 28.07.2025