Jahon | 14:48 / 24.01.2019
5529
1 daqiqa o‘qiladi

Shahzoda Charlzning xayriya jamg‘armasi Huawei pullaridan bosh tortdi

Foto: REUTERS

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta IIning o‘g‘li shahzoda Charlz tomonidan asos solingan The Prince's Trust xayriya tashkiloti bundan buyon Xitoyga qarashli Huawei kompaniyasidan pul qabul qilmaydi. Bu haqda Financial Times yozmoqda.

Xabar qilinishicha, Britaniya tomoni «jamoatchilik tashvishi» tufayli xayriya pullarini qabul qilmaydi. Huawei bu qarorga javoban juda afsusda ekanini ma'lum qildi.

«Biz xayriya tashkiloti tomonidan amalga oshirilayotgan ajoyib ishlarga katta hurmat bilan qaraymiz... Biz 10 yillik hamkorligimiz bilan faxrlanamiz va, albatta, kelajakda yana birgalikda ishlashga umid qilib qolamiz», - deya aytib o‘tgan Huawei vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Huawei’ni tijorat sirlarini o‘g‘irlashda gumon qilayotgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid