Jahon | 15:38 / 24.01.2019
14366
2 daqiqa o‘qiladi

Venesuela prezidentini tan olish masalasida davlatlar ikkiga bo‘lindi

Foto: Reuters

Venesuelada muxolif parlament - Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo o‘zini mamlakat prezidenti sifatida e'lon qildi va davlat rahbari sifatida qasamyod qabul qildi.

AQSh prezidenti Donald Tramp, Kanada hukumati, Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru, Kolumbiya prezidenti Ivan Duke, Chili Sebastyan Pinera prezidenti, Kosta-Rika rahbari Karlos Alvarado Kesada, Peru, Meksika, Ekvador, Paragvay, Gonduras, Panama, Gruziya hukumatlari,Amerika davlatlari tashkiloti bosh kotibi Luis Almagro va Amerika taraqqiyot banki rahbari Luis Alberto Moreno Xuan Guaydoni vaqtinchalik prezident deb tan oldi.

Yevrokengash rahbari Donald Tusk «butun Yevropa Venesueladagi demokratik kuchlarni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashishiga» umid bildirdi.

Yevroittifoq Venesuela Milliy assambleyasini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bayonot berdi.

Maduro o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishida unga Turkiya prezidenti qo‘ng‘iroq qilib, uni qo‘llab-quvvatlashini bildirganini aytdi. Maduroni shuningdek, Boliviya prezidenti Evo Morales, Kuba hukumati qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.

Clarin nashrining ma'lum qilishicha, Nikaragua va Salvador rahbarlari ham Maduroni qo‘llab-quvvatlamoqda.  

Maduro Guaydoni noqonuniy prezident deb atadi, Venesuela mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes esa tvitterda mamlakat qurolli kuchlari Guaydoni davlat rahbari deb tan olmasligini yozdi.

Mavzuga oid