Jamiyat | 11:09 / 26.01.2019
16008
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada yuziga niqob taqqan talonchilar qo‘lga olindi

2019 yil 23 yanvar kuni Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumani Qatag‘on qishlog‘ida yashovchi M.I. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinadan uyi oldida tushgan vaqtida yuzlariga niqob taqib olgan 2 nafar noma'lum shaxslar kelib, unga tan jarohati yetkazgan va avtomashina yukxonasidan 10 million so‘m pulini olib voqea joyidan yashiringan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qo‘qon shahar Shayxonpayon ko‘chasida yashovchi 17 yoshli M.A. va vaqtincha O‘zbekiston tumani Hayotobod qishlog‘ida yashovchi 19 yoshli Sh.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid