O‘zbekiston | 10:16 / 26.01.2019
35336
2 daqiqa o‘qiladi

Kasblar va lavozimlar klassifikatoriga yangi bandlar qo‘shildi

Foto: 123RF

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatoriga bir nechta yangi bandlar qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining tegishli buyrug‘ida aytiladi.

Xususan, «ballonlar zapravkachisi», «vodoprovod tarmoqlari va quduqlar nazoratchisi», «to‘qish uskunalari operatori», «bo‘yash uskunalari operatori», «maishiy xonalar tozalovchisi» kabi kasblar qo‘shildi.

Shuningdek, «tabib», «komplayens yurist», «sudya yordamchisi», «bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis», «sudya katta yordamchisi», «axborot-kommunikatsiya texnologiyalari masalalari bo‘yicha texnik» singari lavozimlar ham paydo bo‘ldi.

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining klassifikatori xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarini tizimlashtirish, ishchilarning malaka razryadlari diapazonini va xizmatchilarning lavozimlari toifalarini belgilash, shuningdek ta'limning yo‘nalishi va darajasiga qo‘yiladigan talablarni aniqlash uchun mo‘ljallangan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi esa bozorda yangi kasblar va lavozimlar paydo bo‘lishini hisobga olgan holda asoslangan takliflar bo‘yicha unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqiga ega.

Mavzuga oid