Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Xuan Guaydoni Venesuela prezidenti deb tan oldi
Foto: AP Photo/Sebastian Scheiner, Pool
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Isroil Venesueladagi muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoni mamlakat rahbari deb tan olishini ma'lum qildi.
“Bugun Isroil AQSh, Kanada, Lotin Amerikasi va Yevropa davlatlarining aksariyat qismiga qo‘shilmoqda. Bugun Venesuelaning yangi rahbariyatini tan olishimizni e'lon qilaman”, deb aytgan Netanyaxu.
23 yanvarda Xuan Guaydo o‘zini Venesuelaning vaqtinchalik prezidenti deb e'lon qilgan.
Mamlakatning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro yuz berayotgan voqealarni davlat to‘ntaruviga urinish deb atagan va AQSh bilan diplomatik munosabatlar uzilishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
21:00
Isroil Livan bo‘ylab zarbalar berdi va quruqlik amaliyotini boshladi
20:57
Isroil va AQSh yangi oliy rahbarni saylaydigan Eron Ekspertlar kengashi binosiga zarba berdi
17:53
FT: Isroil razvedkasi Ali Xominaiyni buzib kirilgan kameralar orqali kuzatgan
15:15