Jahon | 15:26 / 28.01.2019
16203
1 daqiqa o‘qiladi

Abe Kuril orollari bo‘yicha bitim qanday shartda imzolanishini aytdi

Foto: kremlin.ru

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening ma'lum qilishicha, Rossiya va Yaponiya janubiy Kuril orollari bo‘yicha tinch bitim imzolashning uddasidan chiqa oladi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Ta'kidlanishicha, bu uning parlament ochiq sessiyasi vaqtidagi chiqishi davomida ro‘y bergan.

«Bizning xalqlar o‘zaro ishonch va do‘stlikni chuqurlashtirib, hududiy muammoga yechim topadi hamda tinch bitimni imzolaydi», - dedi Abe.

Shu bilan birga, Yaponiya yetakchisining ishonch bildirishicha, bitim 1956 yilgi Qo‘shma deklaratsiya bandlari asosida imzolanadi. Aniqlik kiritilishicha, bu hujjatda Tokioga Kuril orollari janubiy qismini berish istisno etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq rossiyaliklar Kuril orollari bo‘yicha o‘z fikrini bildirgandi.

Mavzuga oid