Rossiyaliklarning katta qismi (77 foiz) Kuril orollarining Yaponiyaga ötişiga qarşi çiqmoqda. Tadqiqot natijasi Butunrossiya ijtimoiy fikrni örganiş markazi tomonidan taqdim etilgan.
Tadqiqot işida keltirilişiça, Kuril orollarining janubiy qismini öz hududiga qaytarib oliş böyiça Yaponiya talabi töğrisida rossiyaliklarning 79 foiz qismi biladi. Rossiya fuqarolarining 29 foizi uşbu hududlar Rossiya Federatsiyasiga tegişli ekani va ortiqça savolga örin yöqligini ta'kidlamoqda. Sörovda qatnaşganlarning 10 foizi esa rus tomoni bahsli hududlarni bosib olgani va ularni qaytariş 70 yillik salbiy kayfiyatdagi munosabatlarni ijobiy tarafga özgartirişini aytadi.
27 yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yaponiya bilan tinçlik kelişuvi böyiça muloqot Tokio tomonidan Ğarb sanksiyalarning qöllab-quvvatlanişi oqibatida murakkablaşayotgani va xavfsizlikka har qaçongidan ham köproq e'tibor beriş zarurligi haqida xabar bergan.
Yaponiya Boş vaziri Sindzo Abe esa yapon parlamentining navbatdagi sessiyasini oçib berişdagi çiqişida Kuril masalasiga töxtalib ötgan.
«Bizning xalqlarimiz özaro işonç va döstlikni mustahkamlaydi, hududiy masalaga yeçim topadi va tinçlik kelişuvini örnatadi», — degan Abe.
Yapon yetakçisiga köra, kelişuv 1956 yilgi Qöşma deklaratsiyaga köra örnatiladi. Mazkur hujjat Kuril orollarining janubiy qismi yaponlarga ötişini nazarda tutadi.
Eslatib ötamiz, şu yilning 22 yanvarida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Yaponiya boş vaziri Sindzo Abe Moskvada uçraşgan. Muhokamalar uç soat davom etganiga qaramay, yakuniy qarorga kelinmagandi.











