Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘oniston prezidenti toliblarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga chaqirdi
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani RTA telekanali orqali chiqishida toliblarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga chaqirdi.
"Men "Tolibon" harakatini afg‘on hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri jiddiy muzokaralarga chaqiraman. Milliy birlik, mamlakat mustaqilligi, hududining yaxlitligi, markazlashgan kuchli hukumat muhokama qilinmaydigan mavzular hisoblanadi", dedi Ashraf G‘ani o‘z chiqishida.
"Tolibon" oldida ikkita yo‘l turibdi, ular o‘z xalqini qo‘llab-quvvatlashlari yoki boshqa davlatlar qo‘lida qurol bo‘lishlari mumkin", dedi u.
O‘zaro kurashayotgan ikki tomon o‘rtasida tinchlik muzokaralarini yo‘lga qo‘yish masalasi turli uchrashuvlarda muhokama qilinmoqda.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:50 / 12.06.2026