Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliya ham Guaydoni Venesuela muvaqqat prezidenti sifatida tan oldi
Foto: REUTERS
Avstraliya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Meris Peynning bildirishicha, Avstraliya Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoni muvaqqat prezident sifatida tan oladi.
Uning aytishicha, Venesuela hududida saylovlar o‘tmagunicha milliy assambleya raisi Guaydo vaqtinchalik prezident maqomida bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Guaydo Maduroni chetlatish bo‘yicha harbiylar bilan muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qilgandi.
Ma'lumot uchun, Venesuelada hokimiyat uchun kurash 23 yanvarda prezident Nikolas Maduroga qarshi miting bilan boshlangandi. Muxolif tomon yetakchisi Guaydoni AQSh, Isroil, Kanada, Albaniya, Gruziya, Braziliya, Argentina, Chili, Kolumbiya, Kosta-Rika, Gvatemala, Gonduras, Panama, Paragvay, Peru kabi davlatlar Venesuela prezidenti deya tan olgan.
Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Ispaniyadan so‘ng Niderlandiya ham Venesuelada sakkiz kun ichida prezident saylovi bo‘lib o‘tishi e'lon qilinmaydigan bo‘lsa, Guaydoni mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb tan olishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:52 / 29.03.2026
Yonilg‘i narxi oshgani sababli Avstraliyaning ikki shtatida jamoat transporti bepul bo‘ladi
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
15:09 / 15.03.2026
Avstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan 3 nafari vatanga qaytishga qaror qildi
14:29 / 11.03.2026