Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Guaydo Maduroni chetlatish bo‘yicha harbiylar bilan muzokaralar olib borilayotganini ma'lum qildi
Venesuela parlamenti spikeri, o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qilgan Xuan Guaydo muxolifat harbiylar va amaldorlar bilan amaldagi prezident Nikolas Maduroni hokimiyatdan chetlatish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma'lum qildi. U bu haqda Washington Post nashriga so‘zlab bergan.
Guaydoning aytishicha, muzokaralar maxfiy ravishda olib borilmoqda.
“Biz mansabdor shaxslar, fuqarolar va harbiylar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz. Bu shaxsiy xavfsizlik bilan bog‘liq juda nozik mavzu. Ular bilan e'tiborni jalb qilmagan holda uchrashuvlar o‘tkazmoqdamiz”, deb aytgan Guaydo.
Muxolifatchi o‘z tarafdorlarini 30 yanvar va 2 fevral kunlari ko‘chalarga chiqishga chaqirgan. Uning aytishicha, aksiyadan maqsad gumanitar yordam olish uchun, uzurpatsiyaga qarshi va inson huquqlari uchun kurashdan iborat.
Venesuelada amaldagi hokimiyatga qarshi ommaviy noroziliklar 21 yanvarda boshlandi. Noroziliklar ortida Guaydo o‘zini vaqtinchalik prezident deb e'lon qildi. Nohukumat tashkilotlari ma'lumotlariga ko‘ra, namoyishlar vaqtida 791 kishi hibsga olingan, 29 kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026