Jahon | 12:17 / 28.01.2019
12406
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQShdagi noqonuniy migrantlar sonini ma'lum qildi

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'lum qilishicha, mamlakatda kamida 25,7 million noqonuniy migrant yashaydi. U bu haqda 27 yanvar, yakshanba kuni, Twitter’da yozgan.

«Mamlakatimizda ko‘p yillar mobaynida xabar qilinganidek 11 000 000 emas, balki kamida 25 772 342 noqonuniy migrant bor. Juda kulgili!» - deya ma'lum qilgan Tramp.

Shu bilan birga, u rasmiy ma'lumotlarga o‘ta zid bo‘lgan ushbu axborot manbasiga aniqlik kiritmagan.

28 dekabr kuni Tramp uchta davlatga moliyaviy ko‘makni to‘xtatish niyatida ekani haqida ma'lum qildi. Gap Gonduras, Gvatemala va Salvador haqida borgan. O‘sha kuni u agar Demokratik partiya to‘siq barpo etish uchun mablag‘ ajratishni ma'qullamaydigan bo‘lsa, Amerika-Meksika chegarasini to‘liq yopib qo‘yish bilan tahdid qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp chegaradagi devorni kongress roziligisiz ham qurishi ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid