Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
30 yanvar kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Toshkent shahri. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 30 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metrgacha kuchayishi mumkin. Shamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 6-8, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir, qor yog‘adi). G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 3-8, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi (yomg‘ir, qor yog‘adi). Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Shamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 3 daraja sovuq - 2 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:59 / 02.02.2026
🔴 LIVE: Iliq bahoriy hafta
21:41 / 29.01.2026
Fevral oyi yanvarga nisbatan iliqroq bo‘lishi kutilmoqda – Gidrometeorologiya xizmati
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
09:18 / 23.01.2026